Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

O‘zbekiston Prezidenti saylovi munosabati bilan 1–5-dekabr kunlari talabalarga ta’til e’lon qilindi







2016-yilning 1–5-dekabr kunlari O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari talabalariga ta’til beriladi. Bu haqda “Anons.uz” xabar bermoqda.
Toshkent shahrida ta’lim olayotgan Respublikaning turli viloyatlaridan bo‘lgan talabalarning turar joyi bo‘yicha Prezident saylovida ishtirok etish imkoniyati bo‘lishi uchun shu yilning 31-oktabr kuni “Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarining Konstitutsion huquqlaridan kelib chiqib doimiy yashash joylarida ovoz berishlariga sharoit yaratish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilingandi.
 
Shu yo‘l orqali ikki marta ovoz berish va blanklarni dublikatlashtirishning oldi olinadi.
 
Oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda hududiy filiallar direktorlariga ushbu hujjat bilan tanishish va tegishli choralar ko‘rish vazifasi yuklatildi.
 
Oliy ta’lim vazirligida buyruqda ko‘rsatilgan asosiy nizomlarning bajarilishiga ko‘maklashish uchun ishchi guruh tashkil qilindi. Shuningdek, ushbu ishchi guruh boshqa shaharlardagi barcha talabalarning O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtiroki ta’minlanishini nazorat qilishi kerak.

Источник: Daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (02.11.2016)
Просмотров: 320 | Теги: saylov | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
avatar