Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

O‘zbekiston Prezidentligiga barcha nomzodlar — bitta rasmda





2016-yilning 4-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Mamlakatda ro‘yxatga olingan barcha siyosiy partiyalar saylovda qatnashadigan o‘z nomzodlari nomini ma’lum qildi.

14-oktabr kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Hotamjon Ketmonovni Prezidentlikka nomzod etib ko‘rsatdi. 15-oktabr kuni esa “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Narimon Umarovni, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi esa Sarvar Otamuratovni nomzod sifatida ilgari surdi. 19-oktabr kuni O‘zLiDeP nomzod nomini rasman ma’lum qildi — Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, joriy saylovlar O‘zXDP rahbari Hotamjon Ketmonov va “Adolat” SDP raisi Narimon Umarov uchun ikkinchisi hisoblanadi. Ularning har ikkisi 2015-yilgi Prezident saylovida ham qatnashgan edi. O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning g‘alabasi bilan yakuniga yetgan avvalgi saylovda Ketmonov saylovchilarning 2,92 foiz, Umarov esa 2,05 foiz ovozini qo‘lga kiritgan

Источник: Daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (19.10.2016)
Просмотров: 1177 | Теги: saylov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar