Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

O‘zbekiston Prezidentligiga saylov 4-dekabr kuni o‘tkaziladi






9-sentyabr kuni O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK)ning majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni MSK raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov boshqardi, deya xabar bermoqda komissiya matbuot xizmati.
Majlisda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, siyosiy partiyalarning rahbarlari va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi. Majlis qatnashchilari O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etib, hurmat bajo keltirishdi.
 
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 96, 117-moddalari hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 9-moddalariga muvofiq 2016-yil 4-dekabr, yakshanba kunini O‘zbekiston Prezidenti saylovi kuni deb belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Markaziy saylov komissiyasi majlisida O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Asosiy tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi.
 
Majlisda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlar Markaziy saylov komissiyasi, tuziladigan saylov komissiyalari tomonidan ochiq va oshkora, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga to‘liq muvofiq holda amalga oshirilishi ta’kidlandi.
 
Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazini tuzish haqida qaror qabul qildi. Matbuot markazi Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 16-uy manzili bo‘yicha joylashgan.

Источник: Daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (09.09.2016)
Просмотров: 901 | Теги: Markaziy saylov komissiyasi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar