Главная » SPORT YANGILIKLARI

O‘zbekiston termasining JCh–2018 saralashidagi Eronga qarshi o‘yinini avstraliyalik Benjamin Uilyams boshqaradi





Futbol bo‘yicha JCh–2018 saralashining uchinchi bosqichi “A” guruhi bahslari doirasidagi O‘zbekiston – Eron uchrashuvini avstraliyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Ushbu o‘yinni boshqarish uchun bosh hakam sifatida FIFA tomonidan Benjamin Jon Uilyams tayinlangan. 6-oktabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ushbu o‘yinda Uilyamsga qanotlarda vatandoshlari Devid Uelsh hamda Natan Makdonald yordam beradi. To‘rtinchi hakam – Jared Jillet (Avstraliya).
Mazkur uchrashuv uchun hakamlar nazoratchisi sifatida BAAdan Salim Said Alsuvaydi tayinlangan bo‘lsa, uchrashuv komissari falastinlik Jebril Ali bo‘ladi.

Источник: Daryo.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (27.08.2016)
Просмотров: 328 | Теги: JCh–2018 saralash | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar