O‘zbekiston termasining sobiq futbolchisi Dilmurod Nazarov vafot etdi


1976-yilning 12-aprelida tug‘ilgan Dilmurod Nazarov 10-oktabr kuni 39 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Championat.asia” xabar bermoqda.

Professional faoliyatini 1992-yil “Paxtakor” safida boshlagan. Ikki yil davomida ushbu klub sharafini himoya qilgan Dilmurod Nazarov O‘zbekiston chempioni (1992) va O‘zbekiston kubogi (1993) sohibiga aylandi.1993-yil Qozog‘istonning “Ordabasi” klubida o‘ynab, yana “Paxtakor”ga qaytdi. Uch yil ichida “sherlar” safida yana chempion (1998) va kubok sohibi (1997) bo‘ldi. 1995-yilda O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi so‘rovnomasida 2-o‘rinni band etdi.1999-yilda Toshkentning “Traktor” va Chimkentning “Ordabasi” klubida faoliyat olib bordi.Keyingi yil “Paxtakor”da, 2001-yilda esa “Surxon” klubida o‘ynagan. Qisqa muddat Qozog‘istonning “Taraz” jamoasi sharafini himoya qildi. Qozog‘istonda “Qaysar”, “Yassi Sayram” va “Ordabasi” kabi klublarda o‘ynadi.2006-yilda Namanganning “Navbahor” klubi safida o‘ynab, futobolchilik faoliyatini yakunladi.O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 1995—1997-yillarda 10 ta o‘yinda maydonga tushgan. 1996-yilda Osiyo Kubogida ishtirok etgan.



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 1749 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:31
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz