O‘zbekiston va Qirg‘iziston 50 mln dollarlik kapitalga ega investitsion jamg‘arma tuzadi

9-dekabr kuni Farg‘ona shahrida Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Artyom Novikov va O‘zbekiston bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sardor Umurzoqov o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya  xabar berdi. Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati.

Unda tomonlar ustav kapitali 50 million dollarga teng bo‘lgan qirg‘iz—o‘zbek investitsion jamg‘armasini tashkil qilishga va bojxona sohasini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirishga kelishib olishdi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish uchun Yo‘l xaritasini imzolash to‘g‘risida, bundan tashqari, 25-dekabrga qadar hamkorlikdagi investitsion loyihalar va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishga doir masalalarni ko‘rib chiqishga kelishuvlarga erishgan.

Shuningdek, uchrashuvda savdo-sotiqni kengaytirish va savdo darajasini oshirish uchun ikki mamlakat o‘rtasidagi transport va tranzit hamkorligini faollashtirish va ularning tranzit salohiyatidan o‘zaro manfaatli foydalanishga e’tibor berish kabi masalalar ko‘rib chiqilgan.

2020-yilning o‘tgan o‘n oyi davomida Qirg‘iziston tashqi savdo aylanmasi 736,3 million dollarni tashkil etgan, uning eksportdagi ulushi 622,4 million dollarga teng bo‘lsa, import — 113,9 million dollarni tashkil etgan.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR
Просмотров: 431 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 09:52
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz