Главная » SPORT YANGILIKLARI

O’zbekiston va Tojikiston o’smirlari o’rtasidagi o’yinda ommaviy mushtlashuv ro’y berdi




Rossiyaning Bratsk shahrida o’smirlar o’rtasida «Hamdo’stlik kubogi-2016» musobaqasi bo’lib o’tdi. O’zbekiston va Tojikiston vakillari ishtirokidagi final bahsida janjal kelib chiqqan.

Hisob tojikistonliklar foydasiga 2:1 holida davom etayotganida, tojikistonlik futbolchilaridan biri raqibga nisbatan ruhsat etilmagan so’zlarni ishlatgan. Natijada ikki futbolchi mushtlashib ketgan. Keyinchalik janjal kattalashib, unga barcha futbolchilar qo’shilgan. Tez orada murabbiylar va muhlislar ham ularni ajratish uchun maydonga tushib kelgan.











Politsiya aralashuvidan keyingina janjal bartaraf etilgan. Lekin o’yinni davom ettirish imkoniyati bo’lmagan va kubok egasi aniqlanmasdan qolgan.

Bu yil Bratskda bo’lib o’tgan musobaqada Tojikiston, O’zbekiston, Armaniston, Qirg’iziston, Rossiya, Ozarboyjon jamoalari ishtirok etdi.

Qayd etish kerakki, Bratskda tashkil qilingan ushbu kubokning asl maqsadi – shaharda yashayotgan turli Hamdo’stlik mamalakatlari diasporalari orasidagi do’stona munosabatlarni kuchaytirish edi, deb yozadi “Kun” nashri.

Источник: gooper.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (13.09.2016)
Просмотров: 894 | Теги: Hamdo’stlik kubogi-2016» | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar