Главная » TURFA OLAM

O‘zbekistonda 14-avgust kuni havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda



O‘zbekistonda 14-avgust, yakshanba kuni havo harorati mamlakat bo‘ylab so‘nggi kunlarga nisbatan +2…+4 darajaga pasayishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, yakshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +13….+18 daraja, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +20…+25 daraja, qolgan barcha hududlarda, xususan, Toshkent shahrida +23 darajagacha iliq bo‘ladi.
 
14-avgust kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +22…+27 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +32…+37 daraja, mamlakatning qolgan barcha hududlarida, xususan, Toshkent shahrida +38 darajagacha issiq bo‘ladi.
 
“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 14-avgustga o‘tar kechasi va 14-avgust kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, shuningdek, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq va kuchli shamol kuzatilishi mumkin.
 
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda so‘nggi bir necha kundan beri kunduzgi havo harorati +38…+40 darajadan pasaymayotgan, janubiy va cho‘l hududlarda esa +40 darajadan ham oshayotgan edi.

Источник: Daryo.uz
Категория: TURFA OLAM | Добавил: AdminoFF (13.08.2016)
Просмотров: 304 | Теги: ob-xavo | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar