O‘zbekistonda 25 yanvar kuni qanday ob-havo kuzatiladi?


Toshkentda 25 yanvar, dushanba kuni havo harorati kunduzi 18-16 darajagacha issiq, kechasi 3-5 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kunduzi 5-10 daraja issiq,vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin, boshqa hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kunduzi 14-19 daraja issiqni tashkil etadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi.
Toshkent,Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kunduzi 13-18 daraja issiq, kechasi 0-5 daraja issiqni tashkil etadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa havo harorati kechasi 2-7, kunduzi 15-20 darajagacha issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo harorati kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida esa havo harorati 5-10 darajagacha issiq, kechasi 2-3 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.   


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: 25 yanvar, O‘zbekistonda, qanday ob-havo kuzatiladi?
Просмотров: 2369 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 16:29
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz