Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

O‘zbekistonda bundan bir asr muqaddam chaqaloqlarga qanday ismlar qo‘yilgan? Javob — bitta rasmda





O‘zbekistonda har yili Mustaqillik bayrami arafasida davlat xizmatchilari, ishlab chiqarish, ijtimoiy sohalar, huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlari bilan bir qatorda, 100 yoshdan oshgan onaxonu otaxonlar ham mukofotlanadi.

Asr bilan tenglashgan o‘zbekistonliklarga, an’anaviy tarzda, “Shuhrat” medali topshiriladi. Bu — keksalarni ulug‘lash va qadrlashning bir ko‘rinishi bo‘lgani holda, bundan 100 yillar avval hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan millat va elatlar orasida ommabop bo‘lgan ismlarni ko‘zdan kechirishga ham bir oson imkoniyatdir.

O‘zbekiston Prezidentining 2012, 2013, 2014, 2015 va 2016-yillardagi Mustaqillik bayrami munosabati davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmonlari bilan tanishib, XX asr boshida chaqaloqlarga qanday ismlar qo‘yilgani haqida ma’lum bir tasavvurga ega bo‘lish mumkin.




 ​
 

Источник: Daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (28.08.2016)
Просмотров: 1152 | Теги: mukofot | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar