Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 4 so‘m 85 tiyinga oshdi




O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 14-iyundan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatanyangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2933 so‘m 99 tiyin etib belgilandi. Bu 7-iyundagi kursganisbatan 4 so‘m 85 tiyinga ko‘p.

14-iyundan e’tiboran 1 yevro qiymati 3328 so‘m 44 tiyin (7-iyundagi kursga nisbatan 23 so‘m 29 tiyin arzon), 1 Xitoy yuani 445 so‘m 68 tiyin (7-iyundagi kursga nisbatan 68 tiyin arzon), 1 Rossiya rubli esa 45 so‘m 34 tiyin (7-iyundagi kursga nisbatan 1 so‘m 53 tiyin qimmat) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Источник: daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (15.06.2016)
Просмотров: 159 | Теги: Kurs, Dollar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar