O‘zbekistonda yangi MAN A22 CNG avtobuslari ishlab chiqarila boshlaydi


O‘zbekistonda kelasi yil boshidan yangi MAN A22 CNG avtobuslari seriyali tarzda ishlab chiqarila boshlaydi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AK boshqaruv raisi o‘rinbosari Rustam Yusupovga tayanib, “12news.uz” xabar bermoqda.Ushbu loyiha Man Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.MAN A22 CNG past polli shahar avtobusi siqilgan tabiiy gazda ishlaydi, uning yo‘lovchi sig‘imi 90 kishini tashkil etadi. Uning prototipi bugungi kunda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasida ekspluatatsiya sinovlaridan o‘tkazilmoqda.

Yusupov so‘zlariga ko‘ra, mahalliylashtirishning birinchi bosqichida korxona avtobus kuzovining karkasini, keyingi ikki yil davomida esa, shisha-plastik detallar, old va yon oynalar, o‘rindiqlar va boshqalarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda.



Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 1478 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:01
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz