Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

O‘zbekistondagi barcha masjidlarda Hayit namozini o‘qish vaqtlari belgilandi




O‘zbekistondagi barcha masjidlarda Hayit namozini o‘qish vaqtlari belgilandi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy sayti

Jumladan, Toshkent shahridagi masjidlarda Hayit namozi 2016-yil 6-iyul, chorshaba kuni tong soat 05:15 da o‘qiladi.

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Hayit namozining o‘qilish vaqti taqvimdagi vaqt tafovutlari asosida hududlardagi masjidlar tomonidan e’lon qilinadi”, — deyiladi idora xabarida.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidentining Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarori e’lon qilingani, unda O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2016-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 6-iyul, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini e’tiborga olib, 2016-yil 6-iyulni dam olish kuni deb belgilash va O‘zbekistonda bayram sifatida keng nishonlash haqida ko‘rsatma berilgani haqida xabar berilgan edi.


Источник: daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (04.07.2016)
Просмотров: 741 | Теги: hayit, masjid | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar