O‘zbekistonlik yana 3 bokschi JChning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi


Qatar poytaxti Doha shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatining ikkinchi kunida O‘zbekiston charm qo‘lqop ustalaridan uch nafari g‘alaba qozondi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘zbekistonning eng og‘ir vazndagi bokschisi Bahodir Jalolov (+91 kg) o‘zining birinchi jangini g‘alaba bilan yakunladi. Jazoir vakili Muhammad Grimesga qarshi bahs yuritgan Jalolov raqibidan ancha ustun ekanligini namoyish etdi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bahodir Jalolov 9-oktabr kuni o‘tkaziladigan nimchorak finalda kubalik Liner Peroga qarshi ringga ko‘tariladi.7-oktabr kuni ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov (-60 kg) va Elshod Rasulov (-81 kg) ham dastlabki g‘alabalarni qo‘lga kiritib, sovrinli o‘rinlar uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.Eslatib o‘tamiz, birinchi kun bo‘lib o‘tgan musobaqalarda Murodjon Ahmadaliyev (-56 kg) va Bektemir Meliqo‘ziyev (-75 kg) raqiblari ustidan ionchli g‘alabalarni qo'lga kiritgan edi.Ikkinchi kungi musobaqalar yakuniga ko‘ra, jahon chempionatiga yo‘l olgan jami 9 nafar o‘zbekistonlik bokschidan 5 nafari dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdilar. Qolgan to‘rt nafar bokschisi bugun, 8-oktabr kuni endi bahslarga kirishadi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 798 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:29
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz