“O‘zbekkino” buyurtmasiga asosan “Bo‘ynoq” nomli multfilm suratga olindi


Cinema Servis kompaniyasi “O‘zbekkino” milliy agentligi buyurtmasi asosida davomiyligi 10 daqiqa bo‘lgan “Bo‘ynoq” nomli multfilmni suratga oldi. Bu haqda multfilmni tayyorlashda qatnashgan Abdulatif Haydarov “Daryo” nashriga ma’lum qildi.
Normurod Norqobil ssenariysi asosida rejissor Javlon Turdixo‘jayev tomonidan bir yil davomida tayyorlangan multfilm jasur va qo‘rqmas, kurashuvchan posbon it haqida hikoya qiladi.
Unda, shuningdek, bolakay — Rustam, mushuk — Baroqvoy va bo‘rilar ham ishtirok etadi. “Mazkur film bolajonlarga ziyraklik va chaqqonlik, uddaburonlik hamda dovyuraklik kabi hislatlarni anglashlarida yordam beradi”, — deydi Abdulatif Haydarov.
Multfilmni yaratishda Abdulatif Haydarov, Dilshod Do’stmuhammedov, Javlon Turdixo‘jayev, Abror Ahmadiy, Samariddin Abdunazarov, Shuhrat Asayev, Zilola Hamidova singari ijodkorlar mehnat qilgan.
Tayyor holatga kelgan multfilm ko‘rik uchun “O‘zbekkino” Milliy agentligiga topshirilgan va Badiiy kengash tasdig‘idan o‘tgan. Multfilm premyerasi yaqin kunlar ichida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi telekanallarida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Sinema servis ijodiy jamoasi bungacha “Samoviy mehmon”, “Toshbaqa”, “Aqltoy” kabi multiplikatsion filmlarni ham suratga olgandi.


Категория: KINO YANGILIKLARI | Теги: buyurtmasiga asosan, O‘zbekkino, Bo‘ynoq
Просмотров: 1182 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 00:15
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz