Главная » TEXNOLOGIYA

OAV: iPhone 7 suv o‘tkazmaydigan korpusga ega bo‘ladi




Qimmatbaho mahsulotlar savdosiga ixtisoslashgan Goldgenie kompaniyasi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, iPhone 7 lineykasi suv o‘tkazmaydigan korpuslarga ega bo‘ladi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Ularga ko‘ra, hali taqdim etilmagan iPhone 7 4,7 dyuymli va 1334×750 pikselli displey, Apple A10 protsessori, 2 Gb tezkor xotira va 16 dan 128 gigabaytgacha ichki xotira, 12 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 1960 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi.
 
Katta model — iPhone 7 Plus esa 5,5 dyuymli va 1920×1080 pikselli ekran, 3 Gb tezkor va 32 dan 256 gigabaytgacha ichki xotira, 12 megapikselli asosiy (qo‘sh) kamera bilan jihozlanadi, batareyasi qanday sig‘imda bo‘lishi esa noma’lum.
 
iPhone 7 lineykasi 7-sentabr kuni taqdim etilishi kutilmoqda.

Источник: Daryo.uz
Категория: TEXNOLOGIYA | Добавил: AdminoFF (28.08.2016)
Просмотров: 404 | Теги: iPhone 7 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar