Ob-havo: ertaga O‘zbekistonda qor yog‘ishi mumkinmi?


Bugun, 3 may kuni tongda Sharqiy Qozog‘iston viloyatining Ridder shahri hududida qor yog‘ishi kuzatildi. Bu haqda “Kazinform” xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, viloyatda oxirgi ikki kun kuchli yomg‘ir yog‘gan, so‘ngra sovuq havo kirib kelgan. Tongda esa qor yog‘ishni boshlagani oqibatida havo harorati – 2 darajagacha tushib ketgan.

“Kazgidromet”ning ma’lumotiga ko‘ra, Sharqiy Qozog‘iston hududida xuddi shunday ob-havo bir-ikki kun davomida saqlanib qoladi.

O‘zbekiston meteorologiya markazi ham ertangi ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi va kunduzi +24...+29, kechasi +10...+15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham bulutli ob-havo kuzatiladi. Harorat kunduzi +28... +33, kechasi +14... 19 daraja bo‘ladi.

Samarqand, Jizzah va Sirdaryo viloyatlarida esa havo harorati o‘zgarib turadi, kunduzi +25... +30, kechasi +13... +18 daraja iliq bo‘lishi kutiladi.

Navoiy va Buxoro viloyatlarida ham havo biroz bulutli bo‘ladi. Harorat kunduzi +26... +31, kechasi +13... +18 daraja bo‘lishi aytilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havoda o‘zgarish bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Shuningdek, harorat kunduzi +27... +32, kechasi +13... +18 daraja bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Toshkentda ham havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi +27... +29, kechasi +13... +15 daraja bo‘lishi bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, respublikaning tog‘li hududlari, jumladan Chimyon va Qamchiq hududlarida ob-havo jiddiy o‘zgarishi aytilmoqda. Ushbu hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir kuzatilishi mumkin. Kunduzi +18... +23, kechasi +15... +20 daraja harorat kutiladi.

Qozog‘iston mintaqasiga kirib kelgan sovuq havo O‘zbekiston hududlarida qor yog‘ishi yoki havo hararatining jiddiy sovushiga sabab bo‘lmasligi bildirilmoqda.

Temur Nazarov



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: ob-havo, Qor
Просмотров: 3251 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 23:21
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz