Главная » 2016 » Октябрь » 19 » Obama davlat rahbari sifatida Oq uyda so`nggi rasmiy qabulini o`takazdi
19:46
Obama davlat rahbari sifatida Oq uyda so`nggi rasmiy qabulini o`takazdi





AQSh prezidenti Barak Obama va uning turmush o`rtog`i Mishel Obama Oq uyda Italiya bosh vaziri Matteo Rensini qabul qildi, deya xabar beradi The Associated Press agentligi.

Bu Obamaning Oq uyda davlat rahbari sifatida o`tkazayotgan so`nggi rasmiy qabuli. AQSh prezidenti buni bir paytning o`zida ham quvonchli, ham qayg`uli onlar deb aytdi.

“Biz eng yaxshisini ohiriga qoldirdik”, - deydi Obama.

Italiyalik vazir ushbu tashrif yana bir bor AQSh va Italiya o`rtasidagi mustahkam do`stlikni ko`rsatish imkonini berganini ta`kidladi.

Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, Oq uyda Obama va Rensi uchun mashhur oshpaz Mario Batali rahbarligida tantanali dasturxon solindi. Tushlik amerikalik qo`shiqchi Gven Stefanining chiqishi bilan yakunlandi.
Категория: DUYNO XABARLARI | Просмотров: 388 | Добавил: AdminoFF | Теги: Barak Obama | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: