Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Obid Asomov Avaz Oxunga javob qaytardi




Bir muddat ilgari taniqli so‘z ustasi Obid Asomov “Diydor aziz” saytida chop etilgan intervyusida Avaz Oxunning konsert dasturida kulmaganini tan olgan edi. Bunga javoban Avaz Oxun quyidagilarni aytgandi:

Bilasizmi so‘z ustalarini, ya’ni hamkasblarimni kuldirish qiyin. Chunki ular latifalarimizni eshitib, kamchilik va yutuqlarni tahlil qiladi. Maza qilib kulish uchun konsertga so‘z ustasi, ‘mutaxassis’ bo‘lib emas, tomoshabin bo‘lib tushish kerak. Shunda odam dam olib, maza qilib kuladi. Biz ham repetitsiya jarayonida uncha-muncha hazillarimizga kulmaymiz. San’atkor hamkasbining gaplariga kulmasa-da, yuziga, nomiga bo‘lsa-da, tabassum yugurmasa-da, shu yerini boplabdi, topib gapiribdi deya tan berishi mumkin. Umuman olganda, tan olaman, so‘z ustalarini kuldirish oson emas. Mana men yaqinda ‘Handalak’chilarning konsertiga tomoshabin sifatida tushdim va yaxshi madaniy hordiq chiqardim, yurakdan yayrab kuldim”.

“Shok.uz” saytining ta’kidlashicha, uning javobiga muxlislar Obid Asomovdan fikr olishni so‘ragan. Nashr xodimlari undan quyidagicha javob olgan:

Birinchidan, bu tanqid emas! Avaz Oxunning o‘z muxlislari va shinavandalari bor. Men o‘zimning shaxsiy fikrimni bildirdim, xolos. O‘zbekistonda qiziqchilarni barmoq bilan sanasang, o‘nta barmoqdan uchtasi ortib qoladi. Men aytmoqchi bo‘lgan fikr shuki, qiziqchi shu zamonda yashagani uchun shu kungi hayotga o‘z munosabatini bildirishi kerak. Ya’ni kulgu faqat kulgu emas, kosa tagida nimkosa deganlaridek bir muammoni ko‘tarib chiqishi jamiyatdagi ba’zi kamchiliklarni yo‘q qilishga yordam berishi kerak, deb o‘ylayman. Yana qaytaraman, qiziqchi ko‘paysa, men faqat xursand bo‘laman. Chunki 31 millionlik O‘zbekistonda haqiqiy kulgu ustasi o‘ntaga ham yetmaydi, bu juda oz! Hamma hamkasblarimga omad!”.


Источник: daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (23.06.2016)
Просмотров: 812 | Теги: Obid Asomov, Avaz Oxun | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar