Главная » 2016 » Сентябрь » 22 » Obid Asomov “Fontamas” filmi sobiq Ittifoq davrida “zapret”da bo‘lganini aytdi
23:21
Obid Asomov “Fontamas” filmi sobiq Ittifoq davrida “zapret”da bo‘lganini aytdi






O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov ayni kunlarda TV va radiolarda emas, aksincha, ijtimoiy tarmoqlarda ancha faol. Qiziqchi hayotida ro‘y berayotgan voqealar haqida Instagram orqali xabar berib borishga o‘rgangan. Bundan tashqari e’tirozlarini ham internet orqali yozishga odatlangan.
 
Qiziqchi bu safar ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasiga “Fontamas” filmidan lavha joylashtirib, bu kartina O‘zbekiston mustaqillik erishgunga qadar TVda berilmaganini aytgan.
 
“Bir vaqtlar butun dunyoni larzaga solgan “Fantomas”! SSSR paytida bu film kommunistik g‘oyalarga to‘g‘ri kelmagani uchun “zapret”da bo‘lgan. 1989 yil birinchi marta ko‘rganman. Mana, endi yillar o‘tib, Lui de Fyunes o‘zbek tilida meni ovozim bilan gapiryapti”, deb yozadi Asomov.


 
Прикрепления: Картинка 1 · Картинка 2
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Просмотров: 340 | Добавил: AdminoFF | Теги: Obid Asomov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: