Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Obid Asomov katta sahnaga qaytishi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi





Oxirgi paytlarda internetda o‘zbekistonlik san’atkorlar Obid Asomov, Yulduz Usmonova, Sherali Jo‘rayev va Ozoda Nursaidovalarga katta sahnalarda konsert dasturni taqdim etish uchun ruxsat berilgani, Gulsanam Mamazoitova, Ozodbek Nazarbekov va Zulayho Boyxonovalarning esa litsenziyasi olingani haqida mishmishlar tarqalgan edi. Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida “Shok.uz” sayti Obid Asomov bilan bog‘landi.
Meni bunday yaxshi xabar bilan butun dunyodan qo‘ng‘iroq qilib tabriklashmoqda. Ruxsat tegibdi, degan gapni eshitib o‘zim ham hayron bo‘ldim. Lekin bu gap-so‘zlar rost yoki yolg‘onligini bilmayman, chunki hech qayerda tasdiqlanmagan”, — dedi Obid Asomov.
Shundan so‘ng sayt ijodkorlari “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xodimi bilan bog‘landi. U Obid Asomov, Yulduz Usmonova, Sherali Jo‘rayev va Ozoda Nursaidovalarga ruxsat berilmagani, Gulsanam Mamazoitova, Ozodbek Nazarbekov, Zulayho Boyxonovalarning litsenziyasi olinmaganini aytib o‘tdi.

Источник: Daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (04.10.2016)
Просмотров: 462 | Теги: Obid Asomov, Yulduz Usmonova, Sherali Jo‘rayev | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar