Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Obid Asomov O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov bilan bir filmda suratga tushdi





Taniqli so‘z ustasi Obid Asomov O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov bilan birga bir filmda suratga tushmoqda. Bu haqda Obid Asomov Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Bir qaraganda munkillab qolgan shu otaxon, rejissor ‘Motor!’ deyishi bilan g‘oyibdan kuch-quvvat olib, yosh aktyorlar bilan tengma-teng ishlashlarini ko‘rib, qoyil qoldim”, — deb yozadi Obid Asomov.
 
“Bizga ham shunaqa qarish nasib qilsin! Husan aka, siz hali ham o‘sha Husan Sharipovsiz! Ko‘z tegmasin!”, — deya qo‘shimcha qildi Obid Asomov Instagram’da qoldirgan xabarida.
 
Obid Asomov va Husan Sharipov qaysi filmda birga suratga tushayotgani, film taqdimoti qachon bo‘lishi hozircha aniq emas.

Источник: Daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (09.10.2016)
Просмотров: 276 | Теги: Obid Asomov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar