Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Obid Asomov: Televideniedagi faoliyatimni taqiqlaydigan hech qanday juz'iy ayb sodir etmaganman



Qiziqchi Obid Asomov ayni kunda muxlislarni qiziqtirgan savollardan biriga javob berib, nega televidenie orqali ko'rinmay qolganiga izoh berdi. Shok.uz saytiga bergan intervyusida Obid Asomov ayni kunda o'zi haqidagi tarqalgan mish-mishlarga oydinlik kiritib, u haqidagi “Amerika, Rossiyada yashamoqda”, degan gap-so'zlarni rad etdi. Qiziqchi intervyu davomida uning televidenieda ko'rinmay qolganligini televidenie rahbariga yoqmasligi bilan ifodalab, buning uchun hech qanday juz'iy xato qilmaganligini aytib o'tdi. 
Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarining u haqda yoritmayotganligi esa ularga noma'lum shaxs tomonidan bu borada buyruq bo'lgan bo'lishi mukinligini taxmin qildi. Obid Asomov suhbat davomida san'atkorni qaerda talab qilishsa, shu joyda xizmatda bo'lishi, Uni “O'zbekiston” telekanali ko'rsatmasa, “Rossiya” kanalida ko'rinib turgani, qolaversa, ayni damda dunyo bo'ylab sayohatda yurganligini ta'kidladi.

Источник: kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (01.06.2016)
Просмотров: 591 | Теги: Obid Asomov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar