OChL, 1-tur: "Bunyodkor" mehmonda "Al-Nasr" bilan durang natija qayd qildi


Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasi guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan "Al-Nasr" va "Bunyodkor" o‘rtasidagi uchrashuv 3:3 hisobi bilan yakunlandi.
"Bunyodkor" futbolchilari Hamdamovning dubli va Shokir Zuagining gollariga mezbon jamoa futbolchilari Mirzejevski, Al-Sehri va Abdulg‘ani javob qaytarishdi.
"Bunyodkor" g‘alaba qozonishi ham mumkin edi. Biroq xotirjamlikka berilgan Sergey Lushan shogirdlari ikki marta hisobda oldinda bora turib, hisobni durang ko‘rinishga olib kelishdi.
Shu tariqa, "Bunyodkor" Saudiya Arabistonidagi safaridan bir ochko bilan qaytadigan bo‘ldi.
OChL, 1-tur. "V" guruhi
“Al-Nasr" - "Bunyodkor" — 3:3
Gollar: Mirzejevski (45+1) Al-Sehri (79), Abdulg‘ani (85) - Hamdamov (3), Zuagi (33), Hamdamov (75)
"Al-Nassr": Abdulloh Al Enizi, Muhammad Hussayin, Omar Xavsavi, Xolid Al Gamdi, Hussayin Sulaymoni, Ibrohim G‘olib, Abdulaziz Jebrin, Shaya Sharahili, Markinos, Adrian Mierzejevski, Naif Hazazi.
"Bunyodkor": Murod Zuhurov, Akmal Shorahmedov, Akram Komilov, Aleksandr Alempievich, Rustam Ashurmatov, Shokir Zuagi, Minori Sato, Otabek Shukurov, Dostonbek Hamdamov, Zabihillo O‘rinboyev, Eldor Shomurodov.


Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: Bunyodkor
Просмотров: 852 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:25
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz