Главная » FIKR MULOXAZA

Odamlarning yaxshi va yomonlarga bo'linish sabablari aniqlandi



 

SHhvesiyalik va Britaniyalik biologlar odamlarning yaxshi va yomonlarga bo'linish sabablarini tushuntirishdi.

Olimlar o'z ishida chiqargan asosiy xulosa shundan iboratki, ko'pchilik odamlarning u yoki bu hayot tarziga genetik moyilligi bo'ladi. Olimlar odam va hayvonlar o'rtasidagi ijtimoiy ta'sirlar evolyusiyasini o'rganish uchun ishlab chiqgan matematik model shunday xulosaga olib keldi.

Masalan, koloniyalar shakllantirib yashaydigan mikroorganizmlar misolida olimlar inson ijtimoiy evolyusiyasi modelini qo'llashdi. Biologlar to'dada altruizmga (begonalarga beg'araz yordam berish) xalaqit beruvchi va yo'l qo'yuvchi belgilar tarqalishini bashorat qilishni uddalashdi.

Odamlar fe'l-atvori genetik irsiyat to'plami omili bilan aniqlanadi, xususan, jamoatning boshqa a'zolari bilan aloqani ta'minlovchi belgilar ishtirokida. Bunday o'zaro ta'sir to'g'ridan-to'g'ri ko'pincha alohida shaxs uchun zararli bo'lishi mumkin, lekin o'zini guruhga tegishli deb his etish vaziyatni boshqacha qabul qilishga imkon beradi. Bu haqda Lenta.ruxabar beradi.


Источник: Today.uz
Категория: FIKR MULOXAZA | Добавил: AdminoFF (03.07.2016)
Просмотров: 675 | Теги: Psixologik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar