Главная » DUYNO XABARLARI

Odessalik ayol besh egizni dunyoga keltirdi

 


24-iyun, juma kuni odessalik ayol bir yo‘la besh egiz – uch o‘g‘il va ikki qizni dunyoga keltirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Ayolning homilasi 8 haftalik bo‘lganida, ultratovush orqali qilingan birinchi tekshiruvning o‘zidayoq u besh farzandni kutayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Ayol homilasi davomida doimiy ravishda individual kuzatuv ostida bo‘lgan. Ona va bolalarning hayotini saqlab qolish uchun homilaning 30-haftasida kesarcha kesish yo‘li orqali bolalar dunyoga keltirildi.

Odessalik ona dunyoga keltirgan o‘g‘il bolalarning og‘irligi 1810, 1190 va 1720 grammni, qizlarning og‘irligi esa 1450 va 1250 grammni tashkil etdi.


Источник: daryo.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (25.06.2016)
Просмотров: 385 | Теги: odessa, besh egiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar