Главная » SPORT YANGILIKLARI

Odil Ahmedovning doping namunalarida taqiqlangan preparatlar yo‘qligi tasdiqlandi

 


Rossiya antidoping markazining 2016-yilning 17-iyunidagi xati “Match TV” telekanali ixtiyoriga kelib tushdi. Unda yozilishicha, “Krasnodar” jamoasi futbolchilari Odil Ahmedov (O‘zbekiston) va Ragnar Sigurdssonning (Islandiya) doping namunalari 2014-yil 18-avgust kuni Antidoping markaziga borib tushgan, deb xabar bermoqda “RBK”.

2014-yilning 20-avgust kuni o‘tkazilgan skrining tahlillari Ahmedovning namunalarida taqiqlangan geksarelin moddasi bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi, ammo uning namunasida taqiqlangan preparat borligini aniqlaydigan tahlil Odil Ahmedovda geksarelin moddasi yo‘qligini ko‘rsatdi.

Shuningdek, 2016-yilning 17-iyun kuni Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) mamlakat sport vaziri Vitaliy Mutkoning “Rostov” – “Krasnodar” o‘yinidan keyingi doping-test natijalari so‘roviga binoan javob yo‘lladi. Unda qayd etilishicha, Ahmedov va Sigurdsson namunalarida taqiqlangan moddalar bo‘lmagan. Barcha hujjatlar va xatlarning nusxasi “Match TV”ning rasmiy saytida chop etildi.

Rossiya sportidagi doping muammolari haqidagi hujjatli filmni suratga olayotgan Germaniyaning ARD telakanali iyun oyi boshidagi lavhasida Vitaliy Mutko “Krasnodar” futbolchilarining ijobiy doping namunalarini yashirishga yordam berayotganini aytgan. Futbolchilarning nomi esa ma’lum qilinmagandi.

Rossiya sport vaziri hujjatli filmda ko‘rsatilayotgan ma’lumotlar ishonchli emasligini ta’kidladi.


Источник: Mp3lar.com
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (08.07.2016)
Просмотров: 370 | Теги: Osil Ahmedov, doping, Krasnodar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar