Главная » 2016 » Июнь » 23 » Og‘ir atletikachilarimiz Rio Olimpiadasida qatnashmaydi
11:41
Og‘ir atletikachilarimiz Rio Olimpiadasida qatnashmaydi




Ayni damda Gruziyaning Tbilisi shahrida Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi o‘zining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazmoqda. Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati avvalida bo‘lib o‘tayotgan ushbu yig‘inda antidoping agentligi bilan va xalqaro federatsiyasi tomonidan bir qator terma jamoalardan Rio Olimpiadasiga kvotlar olib qo‘yildi. 2014 yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan ayollar terma jamoamizning ayrimlarida doping aniqlangani sabab sifatida keltirilib, ushbu toifada qo‘lga kiritilgan Olimpiada litsenziyamiz olib qo‘yildi. E’tiborlisi, o‘shanda qayta tekshiruv natijasi bizning foydamizga hal bo‘lgandi. Quyida litsenziyalari olib tashlangan terma jamoalar ro‘yxati:
Ozarbayjon 2 ta  (1 erkaklar va 1 ayollar);
Qozog‘iston 2 ta (1+1);
Rossiya 2 ta (1+1);
Moldova (2 ta, erkaklar);
Belarus (1 ta, erkaklar);
Ruminiya (1 ta, erkaklar);
O‘zbekiston (1 ta, ayollar);
Og‘ir atletika bo‘yicha Bolgariya terma jamoasi musobaqalardan chetlashtirildi
Прикрепления: Картинка 1
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Просмотров: 351 | Добавил: AdminoFF | Теги: og‘ir atletika | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: