Главная » FIKR MULOXAZA

Olimlar og‘ir fe’lli kishilar aqlliroq bo‘lishini aniqladi



 

Sidneydagi Yangi Janubiy Uels universiteti olimlari tadqiqot olib borib, salbiy o‘ylash ko‘pincha odamlarga aql bilan fikr yuritish imkonini berishini, chunki ular kamroq ishonib, ko‘proq ehtiyotkor bo‘lishini aniqladi. Bu haqda AdMe xabar berdi.

Tadqiqotning yetakchi muallifi Jo Forgas ta’kidlashicha, og‘ir fe’lli va yomon kayfiyatli odamlar qaror qabul qilish uchun qulay bo‘lgan tahliliy xususiyatlarga ega bo‘ladi. Eksperiment chog‘ida olimlar ko‘ngillilar guruhiga kayfiyati turlicha bo‘lgan filmlarni namoyish qildi, so‘ng ularning hayotidagi ijobiy va salbiy hodisalarni muhokama qildi. Bularning barchasi sinovdagilarning kayfiyatini yaxshi yoki yomon tomonga o‘zgartirish maqsadida amalga oshirildi.

So‘ng ularga turli-tuman rost va uydirma hikoyalarni so‘zlab berishdi hamda ulardan hikoyalarning qaysi biri haqiqat, qay biri esa to‘qima ekanligini topishni so‘rashdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, salbiy ruhiy holatdagi kishilar kamroq xato qildi va umuman olganda, ancha mantiqiyroq tarzda fikrladi.

Tadqiqotchilar shunday xulosaga keldiki, ijobiy kayfiyat ijodkorlikka yo‘l ochib bersa, salbiy tarzda fikrlash esa kishini ancha e’tiborli, hushyor va ehtiyotkor bo‘lishga chaqiradi.


Источник: gooper.uz
Категория: FIKR MULOXAZA | Добавил: AdminoFF (07.07.2016)
Просмотров: 535 | Теги: Olimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar