Главная » DUYNO XABARLARI

Olimlar tajriba orqali “besh soniya qoidasi”ni rad etdi





Ratger universiteti olimlari tajriba o‘tkazib, yerga tushgan va besh soniya ichida olingan yegulik iflos bo‘lishga ulgurmasligi haqidagi “besh soniya qoidasi”ni rad etdi, deb yozadi “Gazeta.ru” Applied and Environmental Microbiology jurnaliga tayanib.
Donald Shaffner rahbarligidagi olimlar yegulikning zanglamaydigan po‘lat, sopol plita, yog‘och va gilam qoplamaga tushishi bilan bog‘liq tarjibalarni olib bordi, oziq-ovqat sifatida tarvuz, non, saryog‘ surilgan buterbrod va xo‘rozqand tanlandi. Yerga tushgan mahsulotlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, ularga o‘tishga ulgurgan bakteriyalar soniga vaqtdan tashqari, ularning namligi, shuningdek, yuzalarning xususiyati ham ta’sir qiladi.
 
Aniqlanishicha, gilam qoplamada bakteriyalar eng kam miqdorda o‘tgan. Shu bilan birga, aloqa vaqti haqiqatan ham yegulikka o‘tadigan mikroblar sonini oshirishiga qaramay, “besh soniya qoidasi”ni rad etishga muvaffaq bo‘lishdi — ba’zi bakteriyalar yegulik yerga tushganidan keyin dastlabki soniyadayoq unga o‘tib oladi.

Источник: Daryo.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (11.09.2016)
Просмотров: 315 | Теги: Olimlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar