Olimpiada chempioni Fazliddin G‘oibnazarov u bilan suratga tushgan qizni tanimasligi haqida aytdi



Ijtimoiy tarmoqlarda boks bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarovning begona qiz bilan tushgan surati tarqalgandi. “Olamsport” nashri bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida bokschi bilan bog‘landi.

“Men u qizni tanimayman. Ko‘rinishidan u erkatoyroq qiz. Har kim suratga turlicha tushadi. Buni jiddiy qabul qilganlaridan xayronman”, — dedi G‘oibnazarov.



“Suratga tushish uchun ko‘plab muxlis va muxlisalar yonimga kelishadi. U ham shundaylardan biri. Shunchaki yonimga kelib, suratga tushdi va uni ijtimoiy tarmoqqa joyladi. Yaqinlarim meni yaxshi bilishadi”, — deb masalaga oydinlik kiritdi o‘zbekistonlik Olimpiada chempioni.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Olimpiada chempioni Fazliddin G‘oib
Просмотров: 1660 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 23:18
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz