Oliy yuridik ta’lim uchun kvota oshiriladi

2018 yil uchun Davlat dasturi (Prezidentning 22.01.2018 yildagi PF–5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan) yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga olgan, deb yozmoqda Norma.uz.

Eslatib o‘tamiz, 2013 yilda Toshkent davlat yuridik instituti universitetga aylantirildi. Endi bu yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida mamlakatdagi tayanch oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, 5 soha mutaxassisliklari (faoliyat yo‘nalishlari) bo‘yicha ta’lim berishni amalga oshiradi, ular: davlat-huquqiy faoliyat; fuqarolik-huquqiy faoliyat; jinoiy-huquqiy faoliyat; xalqaro-huquqiy faoliyat; tadbirkorlik-huquqiy faoliyat (biznes huquqi). Bir vaqtning o‘zida TDYuU ta’lim berishning modulli tizimi joriy etilgan ilk milliy oliy ta’lim muassasasiga aylandi.

Mamlakatda yuristlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish davom ettiriladi. Xususan, joriy yilning aprel oyida quyidagi uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan Prezident Farmoni loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan:

1 – yurisprudensiya sohasida yirik va nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarini respublikaga jalb qilish;

2 – yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha qabul kvotasini oshirish. Ma’lumot uchun, oxirgi marta oshirilganidan keyin 2017 yilda TDYuU bakalavriatiga qabul kvotasi 600 nafarni tashkil etdi.

3 – Toshkent davlat yuridik universitetining o‘quv-metodik bazasini kengaytirish.

Ushbu hujjat 23.01.2018 yildan kuchga kirdi.

 

 


Категория: KINO YANGILIKLARI | Теги: kvota oshiriladi, uchun, Oliy yuridik ta’lim
Просмотров: 1112 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 04:49
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz