Главная » FIKR MULOXAZA

Omadga erishishning 7 qonuni




 

Sog`lom, baxtli va boy bo`lish huquqi tug`ilganingizdan boshlab shaxsan o`zingizga berilgan. Bu haqiqatni to`g`ri qabul qiling, omadli insonga aylanish esa juda oson, deydi “Interesno.cc” nashri.

1. Bo`shliq qonuni. Agar yangi oyoq kiyimi sotib olsangiz eskisini tashlab yuboring. Biror yangi libos xarid qilishdan ilgari shkafingizni eski kiyimlardan tozalang. O`z xohishingiz bilan eski buyumlaringizdan, qarashlaringizdan voz kechishingiz lozim.

2. Aylanish qonuni. Biror orzungizga erishish uchun boshqa yaxshi ko`rgan narsangizdan voz kechishga tayyor bo`ling.

3. Tassavvur qonuni. Avvalo omadga erishganingizni tasavvuringizda jonlantirishingiz kerak bo`ladi, keyin uni qog`ozga tushiring. Bu yozuvni birovga ko`rsatmang, bo`sh vaqtingizda uni qayta-qayta o`qishdan erinmang.

4. Ijodkorlik qonuni. Inson omadga fikrlarining quvvati, intuisiya va tasavvuri bilan etishadi.

5. Hadya qilish va qabul qilish qonuni. Agar birovga yordam tariqasida biror narsa hadya qiladigan bo`lsangiz, u sizga o`n barobar ortig`i bilan aytadi. Biror narsaga erishdingizmi, uni atrofingizdagi odamlar bilan bo`lishishga harakat qiling. Bu bilan siz hayotingizda ezgulikka yo`l ochgan bo`lasiz.

6. O`nlik qonuni. Koinot doimo o`z ulushini oladi, bu sizga yordam bergan manbaga nisbatan minnatdorchiligingizni ifodalaydi. Qo`lingizdagi daromadingizning 10 % ni xayriya ishlariga sarflang. Bu o`n foiz sizga qay yo`sinda qaytishini siz hali yaxshi bilmaysiz. Balki u yangi tanishuv, balki kasallikdan forig` bo`lish shaklida qaytishi mumkin.

7. Kechirimlilik qonuni. Agar sizni xafa qilgan odamni kechira olmas ekansiz, demak sizga atalgan boylikni qabul qila olmaysiz. Sizning qalbingiz nafratga to`la bo`lganidan u erda muhabbatga o`rin qolmaydi. Sizga tinchlik bermaydigan, doimo xavotirga soladigan negativ his-tuyg`ulardan qutulishga harakat qiling.


Источник: darakchi.uz
Категория: FIKR MULOXAZA | Добавил: AdminoFF (16.06.2016)
Просмотров: 797 | Теги: omadga erishish | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar