Главная » 2016 » Октябрь » 12 » “Oskar” mukofotiga rekord miqdordagi chet el filmlari ko‘rsatildi
21:19
“Oskar” mukofotiga rekord miqdordagi chet el filmlari ko‘rsatildi





2016-yili AQSh Kino akademiyasining “Oskar” mukofotiga “Xorijiy tildagi eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha 85 kinofilm ko‘rsatildi. Bu miqdor ushbu kategoriya uchun rekord bo‘ldi, deb xabar beradi Variety.
Shunga yaqin natija 2014-yilda qayd qilingan edi — o‘shanda ushbu nominatsiyada mukofot uchun 83 film kurashgan edi.
 
Joriy yilda Yaman birinchi marta “Oskar”ga ariza kiritdi.
 
O‘nta kartinadan iborat shortlist Akademiya tomonidan dekabr oyining oxirida e’lon qilinadi, keyingi yilning 24-yanvarida esa nomzodlar nomi oshkor bo‘ladi. Mukofotni taqdim etish marosimi 26-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Просмотров: 355 | Добавил: AdminoFF | Теги: Oskar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: