Ozishga yordam beruvchi 15 ta maslahat


Har bir ayolning eng katta orzusi bu-o‘zini hech qanday ovqatlardan tiymasdan sarviqomat bo‘lib qolish. Agarda quyidagi maslahatlarimizga amal qilsangiz, siz ham buning uddasidan chiqishingiz mumkin.
1.To‘g‘ri tanlangan likobcha
Tinib tinchimagan olimlarning fikriga ko‘ra, likopcha taom rangi bilan bir xil bo‘lsa, (Masalan, guruch oq likopchada bo‘lsa) biz me’yordan 18 foiz ko‘proq ovqat iste’mol qilar ekanmiz. agar ozishni istasangiz qizil likopchaga ovqat suzib yeng. bu rang bizning miyamizga “to‘xta” ishorasini beradi. shuningdek, likopchaning kichikrog‘ini tanlasangiz ham ayni muddao. o‘z-o‘zidan kamroq taom iste’mol qila boshlaysiz.
2.To‘rtga bo‘lamiz.
Siz parhezdasiz. ammo ba’zan juda shirinliklar yegingiz kelib qoladi. nima qilish kerak? bir bo‘lak tortni olib, uni to‘rtga bo‘ling. uch bo‘lak tortni maydalab chaynab yeng.
To‘rtinchi bo‘lagini esa kimgadir bering yoki muzlatgichga solib qo‘ying.
3.Och qoldingizmi yoki chanqadingizmi?
Aksariyat hollarda ko‘pchilik chanqoq hissini ochlik hissi bilan adashtiradi. Ayniqsa bu ovqatlanishlar oralig‘ida yuz bersa. Agar qorningiz ochganini his qilsangiz, bir stakan suv iching.  Bir muddatdan so‘ng o‘zingizni tekshiring: Rostan qorningiz ochdimikin?
4. “15 daqiqa” qoidasi 
Nonushta va tushlik oralig‘ida nimadir yeyish istagi tug‘ilsa, biron narsa yeyishdan oldin 15 daqiqa kuting.  aksariyat hollarda bu istak o‘tib ketishi uchun 15 daqiqadan ham kamroq vaqt talab etiladi.
5.Chap qo‘l bilan ovqatlaning
Biz musulmonlarga bu maslahat unchalik to‘g‘ri kelmasa-da, bu tavsiya isbotlangan haqiqat.  Chap qo‘lda ovqat yeyish noqulay bo‘lgani uchunmi bu usul ozishga yordam berar ekan.
6.Suratga tushing
Taqiqlangan shirinlikni yeyish haqida kuchli istak paydo bo‘lsa,  o‘zingizni chalg‘itish maqsadida suratga tushing. bu juda oson. smartfoningizni qo‘lingizga oling va selfi suratga tushib, go‘zallikdan bahra oling!
7. Tanlovingiz cheklangan bo‘lsin!
Qaddi-qomatingiz go‘zalligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni rasioningizdan chiqarib tashlang. Yog‘li, qovurilgan, sho‘r, achchiq taomlar, shirinliklar, gazlangan ichimliklar shular jumlasidan.
8. Qoshiq va sanchqini chetga olib qo‘ying!
Ozishga astoydil kirishgan bo‘lsangiz, ovqatni me’yordan ortiq yeb yubormaslik uchun har bir taom iste’molidan so‘ng sanchqi yoki qoshiqni chetga surib qo‘ying. shunday qilib, siz 20 daqiqa ichida to‘qlik hissini tuyasiz.
9. Televizor ko‘rib ovqatlanmang!
Ovqatlanayotgan paytingizda televizor yoki smartfon sizga hamrohlik qilsa, bu odatingizdan darhol voz keching. olimlarning fikriga ko‘ra, televizor yoki turli gadjetlarga qarab ovqatlanganimizda, biz me’yordan ortiq taom yeb yuborar ekanmiz.
10. Mevalar iste’mol qiling!
Stolingiz ustida meva solinadigan idish har doim to‘la bo‘lsin. olma, apelsin, uzum kabi mevalar nafaqat dasturxoningiz ko‘rki, balki sarviqomatligingiz garovidir.
11. Mayda chaynashga odatlaning
Xitoy olimlari o‘tkazgan tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, ovqatni maydalab chaynab yeyish, organizm uchun foydali ekan. hattoki yuqori kaloriyali taomlarni ham 15 marta chaynab yeyish o‘rniga 40 marta chaynab yeyilsa, bu semirib ketmasligimizga sabab bo‘lar ekan.
12. Oz-ozdan tez-tez yeng!
Tushlikni o‘ta och holda boshlamang. bunda me’yordan ko‘proq  taom iste’mol qilib yuborishingiz mumkin. Ovqatdan yarim soat oldin bir-ikki stakan suv iching. yana bir variant ovqatlanishni S vitaminiga boy meva-sabzavotlar, masalan, kivi, karam kakilardan boshlang.
13. Uch karra ta’sir
Restoranga borganingizda faqatgina uch narsa buyurtma qiling. Masalan, birinchi ovqat, yengilroq salat va ichimlik.
14. Omega-3 bilan do‘st tutining!
Har kuni kunlik rasioningizga albatta Omega-3 moddasiga boy mahsulotlarni kiriting. Bu modda yong‘oq va baliq mahsulotlarida ko‘p.
15. Yod i xrom esingizdan chiqmasin!
Organizmda to‘plangan ortiqcha yog‘larni eritishda yod katta yordam ko‘rsatadi. Bu modda mana shu yumushni yengillashtiruvchi gormonlar ishlab chiqaradi. Ismaloq, sabzi, brokkoli va pishloqni ko‘proq iste’mol qiling.


Категория: BILASIZMI? | Теги: ozish, maslaxat
Просмотров: 3073 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:22
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz