“Paxtakor” futbol klubi 2000-o‘yinini o‘tkazdi


Toshkentning “Paxtakor” futbol jamoasi jami chempionatlar doirasida o‘zining 2000-uchrashuvida maydonga tushdi. Bu haqda klub Matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy liganing o‘tgan 18-turida Samarqandda “Dinamo”ga (0:0) qarshi maydonga tushgan “Paxtakor” uchun mazkur uchrashuv chempionatlar tarixidagi 2000-o‘yinga aylandi. “Paxtakor” sobiq ittifoq chempionatlarida 1242 ta uchrashuvda ishtirok etgan bo‘lsa, O‘zbekiston chempionatida 758 bellashuv o‘tkazgan.

Ushbu o‘yinlarda “Paxtakor” jamoasi 954 g‘alaba, 472 durang va 574 mag‘lubiyatni qayd etgan. Raqiblar darvozasi 3286 marta ishg‘ol qilingan, 2252 bor to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Mazkur uchrashuvlarda eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi Gennadiy Denisov bo‘lib, u 371 o‘yinda “Paxtakor” sharafini himoya qilgan. Birodar Abduraimov 358 va Sergey Bondarenko 329 uchrashuvda maydonga tushgan.

To‘purarlar borasida Gennadiy Krasniskiy (142), Igor Shkvirin (136) va Birodar Abduraimov (131)tadan gol bilan kuchli uchlikni tashkil qilishgan.

Akmalxon Eshonxonov



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: Paxtakor
Просмотров: 968 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 17:20
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz