“Payg‘ambar Muhammad hayoti” filmi Eronda katta muvaffaqiyat bilan namoyish etilmoqda


Eronda rejissor Majid Majidiy tomonidan suratga olingan “Payg‘ambar Muhammad hayoti” trilogiyasining dastlabki filmi katta muvaffaqiyat bilan namoyish etilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Film direktori Muhammad Rizo Sobiriyning so‘zlariga ko‘ra, film Tehrondagi 41 ta, shuningdek, mamlakatning boshqa shaharlaridagi yirik 85 ta kinoteatrda ko‘rsatilmoqda. Kinoteatrlarda mazkur film chiptalari uchun kun-u tun navbatlar tizilgan, namoyishlar vaqtida zallarda bo‘sh o‘rindiqlarni topib bo‘lmayapti.
Film namoyishi huquqiga egalik qiluvchi “Nuritobon” kinokompaniyasining savdolar bo‘yicha menejeri Humoyun Xazaiforning aytishicha, kartina prokatning dastlabki kunlaridayoq 15 milliard rial (470 ming dollar) miqdorida daromad keltirgan.
Eronliklarning mazkur filmga bo‘lgan qiziqish shu qadar yuqoriki, shu vaqtgacha hech qachon kinoteatri bo‘lmagan chekka shaharcha va qishloqlarda ham shoshilinch ravishda kinozallar tashkil etilmoqda va zamonaviy proyeksion uskunalar bilan ta’minlanmoqda.
“Payg‘ambar Muhammadning hayoti” filmini suratga olish ishlarida ko‘plab taniqli eronlik va xorijlik kinoijodkorlar qatnashgan. Ular orasida maxsus effektlar bo‘yicha rejissor Skot Anderson, italiyalik postanovkachi rejissor Vittorio Storaro, hindistonlik bastakor A.R. Rahmon kabi “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritganlar ham bor.


Категория: KINO YANGILIKLARI | Теги: Payg‘ambar Muhammad hayoti
Просмотров: 1056 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 17:55
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz