Pele jahon chempionatining uchta oltin medalini kimoshdi savdosiga qo‘ydi


Afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele ikki mingga yaqin shaxsiy buyumlari, shu jumladan, jahon birinchiligining uchta oltin medalini kimoshdi savdosiga qo‘ydi, deya xabar bermoqda“TASS”.

Pele, shuningdek, auksionga Jyul Rime mukofotini ham qo‘yadi, u avvallari jahon birinchiliklarida g‘olib bo‘lganlarga topshirilgan. Ushbu lotning taxminiy qiymati 400 dollardan 600 ming dollargacha baholanmoqda.

“Men muxlislar va kolleksionerlarga o‘z o‘tmishimning bir qismiga ega bo‘lish imkoniyatini bermoqchiman. Umid qilamanki, ular ushbu tarixiy buyumlarni qadrlaydi hamda o‘tmishimni o‘z farzandlari va kelajak avlod bilan bo‘lishadi”, — dedi Pele.

75 yoshli Pele so‘zlariga ko‘ra, tushgan mablag‘ning bir qismi Braziliyaning Kuritiba shahridagi bolalar kasalxonasiga topshiriladi. Uch kunlik auksion Londonda 7—9-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Pele o‘yinchi sifatida jahon chempionatlarida g‘olib bo‘lish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi — uchta unvonni u 1958-, 1962- va 1970-yillarda qo‘lga kiritgan. Braziliya termasi tarkibida Pele jami 92 ta o‘yinda ishtirok etgan va 77 ta gol urgan.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: pele
Просмотров: 1243 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 01:43
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz