Po‘lat Saidqosimov teatrdan o‘z xohishi bilan ketmaganligini aytdi


Teatr va kino aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov “Oila davrasida” gazetasiga bergan intervyusida O‘zbek Milliy akademik drama teatridan ketmaganligini, biroq nima uchun teatrda faoliyat ko‘rsatmasligini tushuntirdi, deb yozadi “uz24.uz”
Aktyor “teatr sizga nima berdi?”, degan savolga javob berar ekan, teatr hayotining ajralmas bir qismiga aylanganini, nimagaki erishgan bo‘lsa — hammasi mana shu teatr tufayli ekanligini, uni elga tanitgan, hurmatni bergan mana shu teatr bo‘lganini va  shuning uchun ham O‘zbek Milliy teatrining artistiman, deb hamisha g‘ururlanib yurishini aytdi.
Unda teatrdan nega ketganligi so‘ralganda, Po‘lat Saidqosimov “Men teatrdan ketganim yo‘q... 2005 yilda boshimga biroz tashvish tushdi. Shundan keyin teatrga kelsam, e’lonlar taxtasiga «Po‘lat Saidqosimov bilan shartnoma bekor qilindi», deb yozib qo‘yishibdi. Demak, hammasi tushunarli, dedim. Atrofga qarasam, hech kim yo‘q. Sekin chiqib ketdimu qaytib bormadim. Yaqinda teatrning 100 yilligini nishonladik, shu munosabat bilan studiyamda hujjatli film tayyorladim. Oxirgi 10 yildan buyon ana o‘shanda ilk bor teatrga bordim. Shungacha biror marta teatrga qadam qo‘ymadim...”, - dedi.
“Menimcha, teatrda artist bo‘shatilmaydi. U umrining oxirigacha ham rol o‘ynashi mumkin. Yoshlik ham, munkillagan chol ham sahnaga doim kerak-ku! Qolaversa, odam yoshi ulg‘ayavergani sari ijodi ham o‘sadi, ulg‘ayadi”, - deb qo‘shimcha qiladi aktyor.


Категория: KINO YANGILIKLARI | Теги: teatr, Po‘lat Saidqosimov
Просмотров: 1210 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 18:03
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz