Главная » DUYNO XABARLARI

Portugaliyalik ayol o‘limidan 4 oy o‘tib farzand ko‘rdi




Portugaliya poytaxti Lissabonda istiqomat qiluvchi 37 yoshli ayol miyasi o‘lgani shifokorlar tomonidan konstatatsiya qilinganidan 4 oy o‘tib sog‘lom bolani dunyoga keltirdi. 2,35 kilogramm vaznli bola homiladorlikning 32-haftasida kesarcha kesish usulida dunyoga keltirildi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Ayolning miyasi shu yilning fevral oyida o‘lgan edi. Shunga qaramay, akusherlar uning qornidagi bola sog‘lom, degan fikrga keldi. Ular bo‘lajak onani sun’iy hayot ta’minoti apparatidan o‘chirmay turishga qaror qildi. Bu ishni marhumaning qarindoshlari, shuningdek, axloq-odob bo‘yicha shifoxona qo‘mitasi ma’qulladi.

Источник: daryo.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (08.06.2016)
Просмотров: 1744 | Теги: ONA, bolla | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar