Главная » TEXNOLOGIYA

Poytaxtda milliy Davra.uz ijtimoiy tarmog`i namoyish etild


 

UZINFOCOM markazi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi ko`magida milliy Davra.uz ijtimoiy tarmog`ini ishlab chiqdi. Uning taqdimoti 1 iyun kuni bo`lib o`tdi. Bu haqda “Gazeta.uz”xabar bermoqda.

Yangi ijtimoiy tarmoqning asosiy afzalligi uning Tas-IX tarmog`ida joylashgani bo`lib, mahalliy internet-provayderlar unga kirishni bepul ta`minlaydi, deyildi taqdimotga bag`ishlangan matbuot anjumanida.

Davra.uz ijtimoiy tarmog`ida ID.UZ orqali avtorizasiyadan o`tish mumkin. Mobil qurilmalar orqali ham foydalanish imkoniyati mavjud bo`lib, interfeys o`zbek va rus tillarida ishlab chiqilgan.

Davra.uz foydalanuvchilari o`z sinfdosh va kursdoshlari (ta`lim olgan joyini ko`rsatgan holda), hamkasblari (ish joyini ko`rsatgan holda)ni topishlari mumkin bo`ladi. Bundan tashqari, qiziqishlar bo`yicha ochiq va yopiq turdagi guruhlarni yaratish imkoniyati mavjud. Shuningdek, sahifalar yaratish yoki ushbu tizimni biznesni rivojlantirish sifatida ham qo`llash mumkin.

Ijtimoiy tarmoqning standart talqinida matn, rasm va videolarni joylashtirish, layklash, izoh qoldirish va messenjerda muloqot qilish mumkin. Shu bilan birga, tadbirlar yaratib, unga tanishlarni taklif qilish mumkin.

UZINFOCOM Markazi matbuot xizmati ma`lumotiga ko`ra, hozirgi paytda Davra.uz ijtimoiy tarmog`ida 2200 dan ortiq foydalanuvchi ro`yxatdan o`tgan bo`lib, qiziqishlar bo`yicha 50 ta sahifa va 60 ta guruh yaratilgan.

Loyihaning o`z tumori bor — quyoncha. U ham matbuot anjumanida ishtirok etdi va Davra.uz ijtimoiy tarmog`ida o`z sahifasiga ega.


Источник: darakchi.uz
Категория: TEXNOLOGIYA | Добавил: AdminoFF (02.06.2016)
Просмотров: 182 | Теги: ijtimoiy tarmogi, ID.UZ, Davra.uz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar