Prezident Rustam Inoyatovga yangi vazifa topshirdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi Rustam Inoyatov O‘zbekistonda baliqchilik sanoatini rivojlantirishda mas’ul etib tayinlandi.

Joriy yilning 6 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchiik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingan edi.

Hujjatda “Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida Baliqchilikni rivojlantirish boshqarmasini tashkil etish, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi faoliyatini takomillashtirish kabi asosiy masalalar belgilab berilgan.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishga Rustam Inoyatov bilan birga Bosh vazir Abdulla Aripov va Bosh prokuror Otabek Murodov ham javobgar etib tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, sobiq MXX raisi Rustam Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 31 yanvardagi farmoniga asosan Prezidentning siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi.

Ikrom Rahmon



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: topshirdi, Prezident, Rustam Inoyatov, yangi vazifa
Просмотров: 1458 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 05:00
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz