Главная » TURFA OLAM

Qamchiq dovonida bo'ron tufayli harakatlanish og'irlashishidan ogohlantirildi






O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qamchiq dovonida ob-havo sharoiti og'irlashishidan ogohlantirdi. Vazirlik 19-21 noyabr kunlari hududda noqulay ob-havo sharoiti hukm surishi kutilayotgani haqida fuqarolarga SMS-bildirishnomalar yubormoqda.«19—21 noyabr kunlari A-373 avtomobil yo'lining Qamchiq dovonidan o'tgan qismida qor yog'ishi, vaqti-vaqti bilan qorning kuchayishi kutilmoqda. Ko'rish darajasi 50—100 metrgacha yomonlashadi. Shamolning tezligi soniyasiga 20—25 metrni tashkil etadi», — deyiladi vazirlikning SMS-bildirishnomasida.Qayd etilgan kunlarda Qamchiq dovonida havo harorati pasayib, muzlash ro'y berishi mumkin.Haydovchilardan ushbu hududda harakatlanishda ehtiyot bo'lish so'ralgan.

Источник: kun.uz
Категория: TURFA OLAM | Добавил: AdminoFF (20.11.2016)
Просмотров: 398 | Теги: Qamchiq dovoni | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar