Главная » FIKR MULOXAZA

Qanday qilib taslim bo’lmaslik kerak?


 

Yopiq eshikka uzoq vaqt bosh uraversangiz, ertami-kechmi barchasini tashlab, kamiga ko‘nishni istab qolasiz. Buning nimaligini muhim emas: orzudagi ish yoki hamkor bilan qiyin munosabatlar.

Biz munosabatlarni chuqurlashtirmaymiz, orzudan voz kechganingizni ko‘z oldimizga keltiramiz. Nima sodir bo‘ladi? Avvalo, chekinishingiz sababini bor kuchingiz bilan oqlashga urinasiz. Uzrli sabablar va yetarli bahonalar topasiz. Bunga o‘zingizni, keyin boshqalarni ishontirasiz. Lekin agar ularni aldagan taqdiringizda ham o‘zingizni alday olmaysiz.

Siz ruhan singan va baxtsiz bo‘lasiz. Bu narsa sizga yoqadimi? Ahmoqona savol — albatta yo‘q. Unda kurashish uchun kuch qolmaganda nima qilish zarur? Balki tin olib, hordiq chiqarish kerakdir?! Ha, tavakkal qilib, dam olish muhim.

O‘zlari istagan narsalarga erishgan va o‘zlari istagandek hayotda yashayotganlar bilan boshqalarni nima farqlab turishini bilasizmi? Dadillik. Ha-ha, kimdir qaysar, jur’atli va «Hech qachon taslim bo‘lma» shiori ostida yashaydi. aynan shunday bo‘lishiga ishonish uchun dovyurak va bir ozgina devona bo‘lish kerak. Orqaga chekinish yo‘llarini miyadan chiqarib tashlash kerak. Orzuga erishib bo‘lmaydi, degan fikrni o‘zingizga yaqinlashtirmang. Lekin qanday qilib xotirjam bo‘lish mumkin?

Dam olish — divanda yotib olib, “Dengiz ob-havosini kutish” degani emas. Dam olish – demak, biron maqsadni haqiqatan ham istayotganingizga ishonch hosil qilishni anglatadi. Xohlayapsizmi, demak sodir bo‘ladi. Unday bo‘lsa nimaga tashvish tortish kerak?

Endi orzuingiz ushalgan, deb taassavur qiling. Bu vaqtda nimani his etasiz? Agar sizni quvonchga to‘ldirmagan baxt va tuyg‘udan yig‘lamasangiz, bu orzuingiz bo‘lmasligi mumkindir. Ehtimol, uni unchalik ham istamaganingiz uchun undan osonlik bilan voz kechgandirsiz? Axir shunaqasi ham bo‘lishi mumkin.

Bu xuddi bolalikda bo‘lganini eslaysizmi? Barcha o‘g‘il bolalar astronavt va qizlar esa aktrisa bo‘lishni istashgan. Haqiqatan istashgani uchun emas, “Gagarin uchdi va men ham shuni istayman” degan shior bo‘lgani uchun ishonishgan. Lekin bolalik tugaydi, ko‘pchilik kimningdir orzusiga bog‘langan holda yashashadi. Shu sababli qanday qilib taslim bo‘lmaslik haqida savol berishdan oldin o‘zingizdan “Men taslim bo‘lmaydigan darajada shuni istaymanmi?” deb so‘rang.


Источник: gooper.uz
Категория: FIKR MULOXAZA | Добавил: AdminoFF (09.08.2016)
Просмотров: 514 | Теги: Qanday qilib taslim bo’lmaslik kera | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar