Qariyalar jinoyatchilar nishoniga aylandi


So‘nggi paytlarda Toshkent shahri hududida yoshi katta va keksa fuqarolarga nisbatan sodir etilayotgan o‘g‘rilik va firibgarlik jinoyatlari sezilarli darajada ko‘paymoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ushbu holat ichki ishlar xodimlari hamda aholini jiddiy tashvishga solmoqda. Bunday jinoyatlar yoshi katta va keksa fuqarolarni aldash, ularning ishonchini suiiste’mol qilish orqali amalga oshirilmoqda. Jinoyatchilar turli bahona va moddiy manfaatlarni va’da qilib, asosan yolg‘iz keksalar yashaydigan xonadoniga kirib, moddiy boyliklarini aldov yo‘li bilan yoki yashirin ravishda olib chiqib ketmoqda.

Xonadonga kirishda suv ichib olish, yirik kupyuradagi pullarni maydasiga almashtirish, xojatini chiqarib olish yoki telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib olish kabi bahonalar jinoyatchilar tomonidan qo‘llanilgan.

Shundan kelib chiqib, IIB xodimlari tomonidan yoshi katta va keksa fuqarolarga begona shaxslarni xonadonga umuman qo‘ymaslik, turli nayrang, aldov va taklif etilayotgan moddiy manfaatlarga ishonmaslik to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shu turdagi jinoyatlarni sodir etishda gumon kilinayotgan bir necha shaxslar voqea joyi yaqinida joylashgan videokuzatuv kamerasi orqali aniqlangan.

Jinoyatda gumon qilingan shaxslarga nisbatan qidiruv-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Qariyalar, jinoyatchilar
Просмотров: 905 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:22
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz