Qatar futbol uyushmasi al-Muhannadiyni qo‘llab-quvvatladi


Qatar futbol uyushmasi (QFA) o‘z vitse-prezidenti, FIFA tomonidan chetlashtirilishi talab qilinayotgan Saud al-Muhannadiyni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Uyushma ushbu masalaning to‘la shaklda va adolatli ko‘rib chiqilishi u axloq-odob qo‘mitasi bilan samimiy hamkorlik qilganini va unga qarshi har qanday ayblovlar asossizligini tasdiqlashiga ishonadi”, — deyiladi QFA bayonotida.

Ilgariroq FIFA axloq-odob qo‘mitasining tergov palatasi al-Muhannadiyni uyushma boshqaruvidan ikki yarim yil muxlatga chetlashtirishni tavsiya qilgan edi. Bundan tashqari, palata yuushmaga vitse-prezidentni 20,6 ming dollar jarimaga tortishni tavsiya etdi.

Al-Muhannadiy FIFA bilan hamkorlik qilishdan bosh tortganlikda ayblanmoqda. Hamkorlik qaysi masalada talab etilgani hozircha sir saqlanmoqda.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: futbol, Qatar
Просмотров: 947 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:08
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz