Qizlarni Dubayda pullagan ayol jinoiy javobgarlikka tortildi


Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yila ham chiqadi, deb bekorga aytishmagan. Ancha vaqt Birlashgan Arab Amirliklarida istiqomat qilib kelgan asli xorazmlik Noila ham qilgan jinoyatlari uchun javobgarlikdan qochib qutula olmadi.

Gap shundaki, bundan roppa-rosa bir yil avval, 2017 yilning aprel oyida aldov yo‘li bilan xorazmlik yosh qizlarni BAAning Abu-Dabi shahriga chaqirib oladi va fohishalik bilan shug‘ullanishlariga majbur qiladi. Bu hol 9 oy davom etgani ma’lum.

Xorazm viloyati IIB tomonidan olib borilgan maxsus tadbirlar natijasida Noilaning ham qilmishlari fosh etilib, unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb yozmoqda O‘zA. Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Foxisha, Ayol, qizlar, Dubay, jinoiy javobgarlikka tortildi, pullagan
Просмотров: 2260 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 19:36
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz