Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Qo‘shiqchi Manzura o‘z klipida suratga tushayotgan Yigitali Mamajonovning ijodidan zavqlanib, uni “krasavchik” deb atadi





Aktyor Yigitali Mamajonov qo‘shiqchilar Manzura hamda Iroda Dilrozning duet taronasi — “Mustahzod”da suratga tushayotgani haqida Manzura Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Klipning suratga olish jarayoni haqida qisqacha yozgan Manzura ot ustida o‘tirgan Yigitali Mamajonovning suratini o‘z sahifasiga joylab, aktyorga “krasavchik” deya ta’rif berdi: “Chindan ham kino va shou-biznesimizning barno yigiti. U bilan birga ishlash va ijodini kuzatish zavq bag‘ishlaydi”.
 
Yigitali Mamajonov bunga qadar qo‘shiqchi Lolaning “Sog‘indim”, “Xabar ol” kabi kliplarida suratga tushgandi. “Sog‘indim” klipidan keyin esa uning sobiq turmush o‘rtog‘i Rayhon Instagram sahifasiga o‘z suratini joylagan, ayrim foydalanuvchilar esa unda Loladan nafratlanishlari borasida fikr qoldirgandi.
 

Источник: Daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (28.09.2016)
Просмотров: 523 | Теги: Yigitali Mamajonov, Manzura | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar