Qo‘shmachilik masalalari maktabda muhokama qilinishi o‘rinlimi?


“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yilida aholi bilan doimiy uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etish kunning dolzarb masalasidir. Biroq tadbir uyushtirishning o‘z qonun-qoidalari, odatiy tartiblari mavjud, shunday emasmi? Ayniqsa, uchrashuvning asl mohiyati, ya’ni unda muhokama qilinadigan masalaga qarab tadbir joyi belgilash maqsadga muvofiq.

Toshkent shahri Mirobod tumanining Chinor mahallasida joylashgan 218-umumta’lim maktabi binosida tegishli tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida ushbu mahallada qo‘shmachilik qilgan ayolning qilmishini muhokama etish bo‘yicha tadbir tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbir o‘tkazilgan vaqt aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsada, ko‘pchilik oldida izza bo‘lgan qo‘shmachi ayol tavba-tazarru qilgani haqida aytib o‘tilgan.

Ushbu tadbirda mahalla faollari va 218-maktabda faoliyat olib boruvchi o‘qituvchilar ishtirok etganini O‘zA muxbiri tadbirdan chiqqach, ishtirokchilarning tadbir haqidagi fikrlari bilan qiziqqanda anglab yetgan.

Bizni qiziqtirgan yagona savol shuki, nega qo‘shmachilik qilib o‘zini ahloqsizlik va jinoyat komiga tortgan ayolning qilmishlari muhokamasi aynan maktab binosida amalga oshirildi? Buning uchun maxsus binolar mavjud emasmi?

To‘g‘ri, ayni paytda maktablarda o‘quv jarayoni boshlanganicha yo‘q. Biroq aynan shu kunlarda o‘quvchilarga yangi o‘quv yili uchun darsliklar tarqatilmoqda, turli obodonchilik ishlari amalga oshirilmoqda.

Bunday masalalar bolalar nigohidan uzoqroqda amalga oshirilishi kerak emasmi? Jamoat tashkilotlari har qanday masalalarni maktab binolarida muhokama qilishlari qanchalik to‘g‘ri?

Boz ustiga tadbirga ko‘proq jamiyatga qo‘shilmaydigan, qonun-qoidalarga bepisand qaraydigan, turli noqonuniy harakatlarni sodir etib, ichki ishlar idoralari ro‘yxatida hisobda turadigan shaxslar, yoshlar ko‘proq jalb etilishi maqsadga muvofiq ekani keltirib o‘tilgan.

Muxbir jinoyatchini aslida o‘zi yashaydigan uy oldida muhokama qilish, uning qilmishidan qo‘ni-qo‘shnisi xabardor bo‘lishi, tadbir ta’sirchanligi yanada ortishiga sabab bo‘lishi mumkinligini ham ta’kidlagan.

Bizningcha, ahloqsizlik masalalari, o‘ta og‘ir jinoyatlar muhokamasi jamoatchilik ishtirokida, biroq bolalar va o‘smirlardan holi bo‘lgan jamoat joylarida amalga oshirilishi lozim. Muhokama jarayonida qoralangan masalani o‘zimiz bilmagan holda “targ‘ib” qilib qo‘ymaslik muhim.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Qo‘shmachilik, Maktab, masalalar, qilinishi o‘rinlimi, muhokama
Просмотров: 1157 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 05:24
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz