Qochoq kuchukcha uyidan 700 km narida topildi

Avstraliyada yetti oylik kuchukcha — Staffordshir teryeri uyidan qochib ketdi. Keyinroq uni uydan 700 kilometr uzoqlikdan topishgan. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Malibyu laqabli ushbu kuchukcha politsiya hamda Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali amalga oshirilgan kampaniya yordamida topilgan.

Kuchukcha egasi Brenton Chambers uning begona mashinalarga chiqib olish odati borligini ma’lum qilib, shu yo‘l bilan boshqa joyga borib qolganini taxmin qildi. Biroq uning kim bilan ketgani va qanday qilib Janubiy Avstraliyaga borib qolgani (ularning uyi Shimoliy Hududda) noma’lum.

Malibyu oradan 24 kun o‘tib, Janubiy Avstraliya va Shimoliy Hudud chegarasidagi Amatadan topilgan. Kuchukchaning xo‘jayini politsiya va kampaniyada ishtirok etgan Facebook foydalanuvchilariga minnatdorchilik bildirgan. Qochoq kuchukcha esa o‘zining "sayohati” bilan butun dunyoning diqqatini jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Qochoq, kuchuk
Просмотров: 1206 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 07:26
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz